Jakuy

Ommaviy oferta

Ushbu hujjat — Jakuy xizmatidan pullik foydalanish bo'yicha ommaviy taklif (oferta). To'lov qilish va «Qoidalarga roziman» belgisini qo'yish ushbu shartlarni to'liq qabul qilishni (aksept) bildiradi.

1. Tomonlar

Ijrochi (YaTT)
STIR
Manzil
Hisob raqam
Bank
MFO
Telefon
Telegram
Email

Buyurtmachi — xizmat uchun to'lov qilgan har qanday shaxs (keyingi o'rinlarda «Foydalanuvchi»).

2. Shartnoma predmeti

  1. Ijrochi Foydalanuvchiga Jakuy veb-sayti orqali ingliz tilida gapirish mashg'ulotiga (sun'iy intellekt suhbatdoshi, IELTS Speaking mashqi) tanlangan paket hajmida kirish huquqini beradi.
  2. Xizmat raqamli, masofaviy ko'rsatiladi va paket yoqilgan paytdan boshlab ko'rsatilgan hisoblanadi.

3. Narx va to'lov

  1. Narxlar Narxlar sahifasida so'mda ko'rsatilgan.
  2. To'lov Payme, Click, Uzum Bank orqali amalga oshiriladi. Summa avtomatik qo'yiladi.
  3. To'lov uchun elektron fiskal chek to'lov tizimi orqali beriladi.
  4. Paket to'lov tasdiqlanishi bilan avtomatik yoqiladi. Takroriy xabar kelsa ham paket bir marta beriladi.

4. Pulni qaytarish

  1. To'langan pul qaytarilmaydi. Foydalanuvchi to'lovdan oldin xizmatni tekin sinab ko'rish imkoniga ega.
  2. Ijrochi aybi bilan texnik nosozlik yuz bersa, Ijrochi pul o'rniga qo'shimcha kun va/yoki daqiqa (kompensatsiya) beradi.

5. Tomonlarning majburiyatlari

  1. Ijrochi xizmatning ishlashini ta'minlashga harakat qiladi va nosozliklarni imkon qadar tez bartaraf etadi.
  2. Foydalanuvchi Qoidalarga rioya qiladi va xizmatdan qonunga zid maqsadda foydalanmaydi.

6. Javobgarlik

  1. Sun'iy intellekt javoblari va imtihon bahosi taxminiy bo'lib, rasmiy natija hisoblanmaydi.
  2. Ijrochi Internet, qurilma yoki uchinchi tomon xizmatlaridagi uzilishlar uchun javob bermaydi.

7. Nizolar

Nizolar avvalo muzokara yo'li bilan (Kontaktlar) hal qilinadi, kelishilmasa — O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq.

8. Amal qilish

Oferta saytga joylangan paytdan kuchga kiradi. Ijrochi uni o'zgartirishi mumkin; o'zgarish oldin to'langan paketlarga ta'sir qilmaydi.